Телефонлар:
(0372) 312-21-11
(0372) 312-14-44
» » O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga kiritilgan yangi normalar va ularning ahamiyati

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga kiritilgan yangi normalar va ularning ahamiyati

06 декабрь 2024 йил
46
0
2024 yil 15 noyabrda qabul qilingan O‘RQ–997-sonli Qonun bilan Fuqarolik protsessual kodeksiga bir qator muhim o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu qonun o‘zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo‘lgan yer uchastkalari va o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlar bilan bog‘liq masalalarni huquqiy hal qilishni soddalashtirish va uning samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Fuqarolik protsessual kodeksida alohida 232-bob qo‘shildi, unda quyidagi sohalar bo‘yicha yangi qoidalar belgilab qo‘yildi:
 • Da’vo arizasini taqdim etish: Yer uchastkalari va imoratlar bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha prokuror va vakolatli davlat organlari da’vo arizasi berish huquqiga ega bo‘ldi.
 • Da’vo mazmuni: Da’vo arizasida, avvalo, qonunchilik talablarining buzilganligi haqida vakolatli davlat organi tomonidan tuzilgan dalolatnoma va boshqa tegishli hujjatlar ilova qilinishi shart qilib belgilandi.
Ushbu bobga ko‘ra, yer uchastkalari va imoratlar bo‘yicha ishlar sudga ariza kelib tushgan kundan boshlab 20 kun ichida ko‘rib chiqilishi kerak. Mazkur ishlar bo‘yicha kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Sud hal qiluv qarorlarida yer uchastkalari va imoratlar to‘g‘risidagi barcha aniq ma’lumotlar, shu jumladan, ularning manzili va tavsifi ko‘rsatilishi talab etiladi.
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilgan ishlar bo‘yicha hal qiluv qarorlari ustidan apellyatsiya shikoyati berish muddati 10 kun qilib belgilandi.
Bu o‘zgartishlar bir nechta muhim masalalarni hal qilishda katta ahamiyatga ega:
 • Qonun ustuvorligi ta’minlanadi. Davlat mulkida bo‘lgan yer uchastkalari va o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni qaytarish bo‘yicha huquqiy mexanizmlar aniq va shaffof tarzda belgilab qo‘yildi.
 • Sud tizimi yukini yengillashtiradi. Maxsus muddatlar va tartiblar belgilanishi sudlar ish samaradorligini oshiradi.
 • Davlat mulki muhofazasi kuchayadi. Bu choralar yerdan o‘zboshimchalik bilan foydalanishga chek qo‘yish va davlat mulkini qonuniy himoya qilishni ta’minlaydi.
 • Ishonchli hujjatlarning talab qilinishi: Da’vo arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati qonun buzilishini isbotlash uchun yetarli asos bo‘ladi.
Ushbu qonunning qabul qilinishi davlat mulki muhofazasi va qonun ustuvorligini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamdir. Qonun normalari ish yuritishni yengillashtiradi va sud qarorlarini bajarilishini tezlashtiradi. Bu, o‘z navbatida, huquqiy nizolarni samarali hal qilish va fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirishga hissa qo‘shadi.

Azam Sayfitdinov
Jizzax viloyat ma’muriy suding sudyasi
скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар