Bir necha kun muqaddam ijtimoiy tarmoqlarda, aniqrog‘i ogoh.uz saytida “Obod qishloq dasturi faqat buzishdan iboratmi?”, – mavzusida material e’lon qilindi, unda Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani “Yangidala” qishlog‘ida olib borilayotgan “obod qishloq”, “obod mahalla” dasturi doirasida noqonuniy inshootlar buzilganligini, biroq ko‘chalar chang va tuproqqa aylanganligi, qishloqdagi maktab ta’mirlari o‘z vaqtida yakuniga etmaganligi, yo‘l, suv va boshqa ijtimoiy masalalardagi kamchiliklar tilga olingan.
Mirzacho‘l tuman hokimligi Matbuot xizmati ushbu materialni atroflicha o‘rganib, uning muallifiga quyidagilarni ma’lum qiladi.
2021 yilda Yangidala QFY hududining arxitektura qiyofasini yangilash va hududlarini obodonlashtirish bo‘yicha jami 6,025 mlrd.so‘mlik ishlar bajarilishi rejalashtirilgan.
Jumladan:
Ichki yo‘llar
Reja: Xurriyat ko‘chasi 1.0 km, Saodat ko‘chasi 0.3 km, Ibn Sino ko‘chasi 0.3 km jami
1.6 km asfaltbeton yotqizish 414.7 mln.so‘m.(240.0 mln.so‘m mahalliy byudjet, 174.7 mln.so‘m qo‘shimcha dastur). To‘liq foydalanishga topshirilib qo‘shimcha Ibn Sino ko‘chasi 0.5 km asfaltbeton yotqizildi.
Ichimlik suvi: Chamanzor ko‘chasi 0.6 km, Xalqobod ko‘chasi 0.5 km, Mirobod ko‘chasi 0.8 km, Chinobod ko‘chasi 0.4 km, Elbek ko‘chasi 1.3 km, Tursunzoda ko‘chasi 0.5 km, Xo‘jakent ko‘chasi 0.3 km, Yangiobod ko‘chasi 0.4 km, Nokurt ko‘chasi 1.5 km, Ko‘kdala ko‘chasi 2.1 km, Xurriyat ko‘chasi 2.3 km, Bog‘dod ko‘chasi 2.3 km, Ibn Sino ko‘chasi 0.8 km, Xamza ko‘chasi 0.4 km, Tupik ko‘cha 1.8 km,jami 16 km ichimlik suvi tarmog‘i tortish 2 705.0 mln.so‘m(qo‘shimcha dastur doirasida).16 km ichimlik suvi to‘liq tortildi.
Elektr ta’minoti
15.9 km elektr tarmoqlari qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qilish 1461.2 mln.so‘m hamda 2 dona transformatorlar o‘rnatish va ularni almashtirish
183.8 mln.so‘m, jami 1645.0 mln.so‘m rejalashtirilgan bo‘lim. Amalda 2 dona transformatorlar yangidan o‘rnatildi hamda 15.9 km elektr tarmoqlari qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qilish ishlari yakunlandi .
Uy-joy fondini yaxshilash
90 ta yakka tartibdagi uy-joylarni ta’mirlash 420.0 mln.so‘m(tashabuskor tadbirkor va aholi mablag‘lari). Ishlar to‘liq amalga oshirildi.
Chiqindixonalar qurish
4 dona chiqindixonalar qurish 12.0 mln.so‘m, 4 ta modul konteyner o‘rnatish
14 mln.so‘mrejalashtirilgan bo‘lib amalda 4 dona chiqindixonalar qurib foydalanishga topshirildi va 4 ta modul konteyner o‘rnatish o‘rnatildi.
Aloqa va axborotlashtirish
0.8 km aloqa tarmoqlarini tortish 20.0 mln.so‘m(o‘z mablag‘i xisobidan).
hozirgi kunda 0.8 km optik tolali aloqa kabeli tortilgan (100,0 foiz) ishlar bajarilgan. 20.0 mln.so‘m mablag‘ evaziga.
Gaz ta’minotini yaxshilash
–Tuman Xalq ta`limiga qarashli bo`lgan 8-umumta`lim maktabimiz viloyatdagi eng namunali va barcha shart-sharoitlarga ega maktabga aylantirilishi ko`zda tutilgan, shu sababli o`quvchilarimiz yonginamizda joylashgan 15-umumta`lim maktabida vaqtincha ta`lim olib turishibdi, tog`ri bu holat hozirgi vaqtda ba`zi qiyinchiliklarni tug`dirishi mumkin, lekin maqolada tilga olingan kelajak yoshlarining yorug`, shinam va issiq, barcha sharoitlarga ega ta`lim muassasida kelgusida ta`lim olishi oldida bu qiyinchiliklar yoshlarimiz uchun sezilmayapti, – deydi ta`lim muassasasi direktori J.Mamatov, –balki xursand bo`lib ustozlar va ta`lim oluvchilar barchamiz davlatimizning bu g`amxo`rligidan, qishlog`imizda bo`layotgan o`zgarishlardan boshimiz osmonda.
To‘g‘ri ayrim kamchiliklar bor albatta, ichki yo‘llar ta’miri va yirikroq katta islohotlarni talab etadigan masalalar, bularning bari rivojlanayotgan O‘zbekistonning oldiga qo‘ygan katta rejalari, maqsadlaridir - obodlik va ravnaq. Lekin, qisqa muddatda shuncha ishlar amalga oshirilgan bo‘lishiga qaramay, negadir maqola muallifi bironta ham amalga oshirilgan ishlarga to‘xtalib o‘tmasdan, bir tomonlama yondoshib, hali yakuniga etmagan, lekin hali davom etayotgan, muddat talab etadigan, dasturda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan ishlargagina to‘xtalib o‘tgan.
Vaholan-ki, jurnalistning voqeaning bir tomonini ko‘rishi uni xolislikdan ancha olisga olib borib qo‘yishi shubhasizdir.
“Yangidala” qishlog‘ida “Obod qishloq” dasturi dorasida amalga oshirilayotgan ishlar qo‘shimcha o‘rganilib, bu jarayonlar borishi haqida yana batafsil ma’lumotlar berilib boriladi.
Mirzacho‘l tuman hokimligi
Axborot xizmati