Joriy yilning 24.12.2021 yil kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Jizzax viloyati Mirzacho’l tumani MIB alimentni undirib berishda sustkashlikka yo’l qo’yishyapti” mazmunida xabar joylashtirilgan.
Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo'yicha Peshku tumanlararo sudining 11.09.2017 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor U.Fayziyev hisobidan undiruvchi F.Sharopova foydasiga uch nafar voyaga yetmagan farzandlarining ta'minoti uchun aliment undirish belgilangan bo’lib, ushbu ijro hujjati Byuroning Mirzacho’l tuman bo’limi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi qo’zg’atilgan holda ijro harakatlariga kirishilgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdorning mol-mulkini aniqlash maqsadida tegishli tashkilotlarga yuborilgan so’rovnomalariga ko’ra, qarzdorning nomida undiruv qaratilishi mumkin bo’lgan mol-mulklari mavjudligi aniqlanmagan hamda “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to'g'risida”gi Qonunining 421-moddasi ko’ra, qarzdorning O’zbekiston Respublikasi hududidan chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan.
Shuningdek, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorning ijro hujjatida ko’rsatilgan yashash manziligiga bir necha marotaba borilganda, qarzdor ushbu manzilda ro’yxatda tursada ammo bir necha yildan buyon Toshkent shahrida ishlab yashayotganligi aniqlangan va tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdorning 25.05.2021 yildan 01.12.2021 yilga qadar aliment to'langan va to'lash lozim bo'lgan qarzdorligi jami 10.755.161 so'mni tashkil etgan bo'lib, ijro harakatlari davomida 18.10.2021 yil kuni 1.000.000 so'm, 21.10.2021 yil kuni 1.000.000 so'm, 01.11.2021 yil kuni 500.000 so'm, 18.11.2021 yil kuni 1.000.000 so'm, 06.12.2021 yil kuni 1.000.000 so'm, 13.12.2021 yil kuni 1.500.000 so'm, 24.12.2021 yil kuni 1.000.000 so'm jami 7.000.000 so'm undirilib, undiruvchi F.Sharopovaning yashash manzilidagi pochta aloqa bo'limi orqali yuborilgan.
Hozirgi kunda qarzdorning 24.12.2021 yil holatiga alimentdan bo'lgan qarzdorligi 3.755.162 so'mni tashkil qilib, davlat ijrochisi tomonidan qarzdor U.Fayziyev qarzdorlikni to’lashligi to’lamagan taqdirda unga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 474-moddasiga asosan ma`muriy javobgarlikka tortilishi yuzasidan rasman ogohlantirilganligi ma`lum qilinadi.
Byuroning Mirzacho’l tuman bo’limi