Mirzacho'l tumanida istiqomat qiluvchi 8 nafar yoshlarimiz ham oʻn kunlik “Yosh vatanparvarlar yigʻini”ning ikkinchi mavsumida ishtirok etib qaytdi.
Yoshlar yigʻinning ilk kunidan “Yosh elektriklar”, “Yosh avto elektriklar”, “Yosh dvigatel ustalari” “Yosh payvandchilar” hamda “Yosh chilangarlar” guruhlariga boʻlinib, yoʻnalishlar boʻyicha tahsil olishdi.
“Yosh vatanparvarlar yigʻini”da ishtirok etib qaytgan yoshlarga tuman hokimi Sh. Axmedov, o'rinbosarlari M.Mallayev, U.Rustamovlar bilan birgalikda ularning kelgusi faoliyatlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilab, harbiy qismda oʻrgangan tartib-intizom, kasb-hunar hamda olingan bilim va berilgan imtiyozlardan unumli foydalanishlarini tilashdi.
Mirzacho'l tuman hokimligi
Axborot xizmati