O‘zbekiston Respublikasi Professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 715-sonli qarorining ijrosini bajarish maqsadida Mirzacho‘l tuman Xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 20-ta maktabning 9-sinf bitiruvchiaridan 805-nafar o‘quvchilar ishtirok etdi.
“Ochiq eshiklar” kuni tadbirida Tuman yoshlar ishlari agentligi, Tuman IIB, Tuman bandlikka ko‘maklashish markazi, MFY raislari va hamkor tashkilotlardan vakillar ishtirok etdi.
Umumta’lim muassasalari o‘quvchilariga 2022-2023 o‘quv yil uchun Traktorchi-mashinist, Chorvador, Tikuvchi, Qurilish materiallari ishlab chiqarish operatori, Agrobiznes va marketing agentligi, Axborot vositalari va kompyuter tarmoqlari operatori va Avtomobillarni ta’mirlash chilangari mutaxassisliklar bo‘yicha tushunchalar berildi.
Tuman hokimligi Axborot xizmati