Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani 13-sonli Musiqa va sa'nat maktabida Mirzacho‘l tumani maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan "Shukronalik hissi bilan yashaymiz" mavzudida tanqidiy-tahliliy davra suxbati tashkil etildi.
Davra suhbatida Mirzacho‘l tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri Sh.Kukanova, tuman DMTT direktorlari hamda barcha tizim xodimlari ishtirok etishdi. Mirzacho‘l tuman hokimi o‘rinbosari U. Rustamov, Mirzacho‘l tuman prokurori o‘rinbosari Sh. Komilovich, tuman IIB voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i B.Umarov, Ma'naviyat va ma'rifat markazi Mirzacho‘l tuman bo‘linmasi rahbari Sh. Abdurahimov, tuman Imom xatibi Sh. Baymatov, Buvijonlar maktabi jamoatchilik kengashi rahbari Sh. Yakubovalar taklif etildi.
Davra suhbati davomida ishtirokchilarga tizimda yuzaga kelayotgan muammolar va ularni oldini olish masalalari yuzasidan tavsiyalar berildi.
Tuman Imom xatibi tomonidan halollik va poklik to‘g‘risida ma'ruza qilindi. So‘ng davra suhbati ishtirokchilarini o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilardan atroflicha javob olishdi.
✍️ Mirzacho‘l tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi Axborot xizmati