Bundan 30 yil oldin 1992 yil 2-iyulda Davlat gerbi to'g'risida qonun qabul qilindi. "O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligining 30 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish masalasiga bag'ishlangan yig'ilish bayoni" da belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash hamda yoshlar qalbida ona Vatanga muhabbat va sadoqat fazilatlarini shakllantirish, Davlat ramzlari ning milliy davlatchiligimiz tarixi, bugungi mustaqil taraqqiyotimizda tutgan o'rni va qadr qimmatini yuksaltirish maqsadida joriy yil 4-iyul kuni Jizzax viloyati Mirzacho'l tumani MTB ga qarashli 7-sonli DMTT da Ozbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan "Olamni mahliyo aylagan diyor" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda katta va tayyorlov guruxi tarbiyalanuvchilari va tashkilot xodimlari ishtirok etdilar.
Mirzacho‘l tuman maktabgacha
ta'lim bo‘limi Axborot xizmati