O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligining 2022 yil 7 sentyabr kunidagi 198-son farmoyishiga asosan 10-sentyabr kunidan 10 oktyabr kuniga qadar "Kasbiy tayyorgarlik oyligi" tadbirlari o‘tkazilishi belgilangan.
Mirzacho‘l tuman Ichki ishlar bo‘limida ham Kasbiy tayyorgarlik oyligi doirasida tuman IIB shaxsiy tarkib o‘rtasida "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazilib, AKM va PMni qismlarga ajratish hamda shaxmat, shashka musobaqalari o‘tkazildi.
Oylik davomida manzilli chora-tadbirlar belgilanib, IIB xodimlariga mahorat darslari ham muntazam olib borilmoqda.
Mirzacho‘l tuman hokimligi
Axborot xizmati