“Toshkent” mahallasidagi Hazratovul qishlog‘ida aholini sifatli tibbiy xizmat bilan ta’minlash va ularga qulaylik yaratish maqsadida konteynerdan qulay jihozlangan tibbiyot punkti tashkil etilgan.
Aholi o‘z vaqtida tibbiy xizmatdan foydalanishda muammolarga duch kelayotgandi. Bolalarni emlash va tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun qishning sovuq kunlarida uzoq masofani bosib o‘tishga majbur bo‘lar edi. Shu sabab chekka qishloq va mahallalarda konteynerlardan tibbiyot maskani tashkil etish yo‘lga qo‘yildi”, — deydi tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Bahrom Suyunov.
Bosh shifokorning qo‘shimcha qilishicha, Mirzadala qishlog‘ida konteynerdan tashkil etilgan tibbiyot maskanida oilaviy shifokor hamda sakkiz nafar patronaj hamshiralar faoliyat yuritishni boshlagan bo‘lib, haftaning har bir kunida malakali vrachlar tomonidan qabul ham tashkil etilishi yo‘lga qo‘yilgan.
Kelajakda tuman axolisiga tibbiy xizmat koʻrsatish maqsadida bir necha oilaviy shifokorlik puntklari tibbiy brigadlar tashkil qilinishini ta'kidlab oʻtdi.
Mirzacho'l tuman hokimligi
Axborot xizmati