Ertaga, 15 oktyabr — Xalqaro qishloq ayollari kuni ekanini bilarmidingiz? Har yili 15 oktyabrda nishonlanadigan Xalqaro qishloq ayollari kuni jamiyatga qishloq ayollaridan qancha qarzdorligini va ularning mehnati qanchalik qadrli ekanini eslatishni maqsad qilib qo‘ygan.
BMT bosh Assambleyasining 2007 yil, 18 dekabrdagi "Qishloq xududlarida ayollarning ahvolini yaxshilash" to‘g‘isidagi rezolyusiyasiga asosan 15 oktyabr xalqoro qishloq ayollari kuni munosabati bilan hamda tumanning obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga hissa qo‘shgan, tunu-kun faollik bilan jonbozlik ko‘rsatib kelayotgan, xududni gulu-gulzorga aylantirishda peshqadamlik qilib, tumanimizning chiroyiga chiroy qo‘shib kelayotgan Obodonlashtirish boshqarmasining ancha yillardan beri mehnat qilib kelayotgan bir gurux ayollari tuman hokimining tashakkurnomasi va estalik sovg‘alari bilan tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.S.Mavlanova tomonidan taqdirlandi.
Tuman hokimligi Axborot xizmati