Xizmatlar sohasini rivojlantirish ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatda olib borilayotgan bozor islohotlari jamiyatni rivojlantirishning eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini hal qilishda xizmat ko‘rsatish sohasining rolini oshirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Xizmatlarning xilma-xilligi aholining katta qismini hayot sifatini va farovonligini yaxshilash imkonini beradi. Natijada, 2022 yil yanvar-sentabr oylarida xizmatlar ishlab chiqarish hajmi 168,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi. O‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 118,2 foizni tashkil etdi.
Tumanda iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha bozor xizmatlari hajmi va sifatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Shundan xizmatlari hajmi tarkibida eng ko‘p a ijara (193,1 %), moliyaviy xizmatlar (153,0 %) hamida aloqa va axborotlashtirish (119,4 %) xizmatlar hissasini tashkil etdi. Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida eng yuqori savdo xizmatlari 68 611,3 mln. so‘mlik bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ishlab chiqarish fizik hajm indeksi 104,6 foizni to‘g‘ri keladi.
Mirzacho‘l tumanida eng katta xizmat hajmi savdo xizmatlari (68,6 mlrd. so‘m), moliyaviy xizmatlari (51, 0 mlrd. so‘m) hamda transport xizmatlari (13,5 mlrd. so‘m) ga to‘g‘ri keladi. Eng kichik xizmat hajmi esa ta’lim sohasidagi xizmatlar (1,7 mlrd. so‘m), boshqa xizmatlar (2,1 mlrd. so‘m) hamda yashash va ovqatlanish xizmatlari (2,5 mlrd. so‘m) ga to‘g‘ri keladi.
Mirzacho‘l tumani bo‘yicha yuqori ulush savdo xizmatlari (40,8 %) va moliyaviy xizmatlar (30,3 %) da qayd etildi. Uncha yuqori bo‘lmagan ulush ta’lim sohasidagi xizmatlar (1,0 %), boshqa xizmatlar (1,2 %) va yashash va ovqatlanish xizmatlari (1,5 %) da qayd etildi.
Mirzacho‘l tumanida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan yuqori o‘sish sur’atlari ijara xizmatlari (193,1 %), moliyaviy xizmatlari (153,0 %) va aloqa va axborotlashtirish xizmatlari (119,4 %) da qayd etildi. Uncha yuqori bo‘lmagan o‘sish sur’atlari ta’lim sohasidagi xizmatlar (96,9 %), shaxsiy xizmatlar (100,5 %) va me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar (100,8 %) da qayd etildi.
Mirzacho‘l tuman statistika bo‘limi
yetakchi mutaxassisi M.Eshaliyev
скачать dle 12.0