Unda Respublika komissiya a’zolari va tumandagi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutasaddilar ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, davlatimiz rahbari boshchiligida xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy-siyosiy faolliklarini oshirish, bandligini ta’minlash, ehtiyojmand xotin-qizlarning muammolarni ijobiy hal etishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Tumanda bu bora amalga oshirilgan ishlar, ayniqsa, “Ayollar daftari” bilan ishlash mexanizmi to‘g‘ri tashkil etilgani alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, yig‘ilishda joriy yilda xonadonma-xonadon yurgan holda amalga oshiriladigan rejalar tushuntirildi, “Ayollar daftari” bilan ishlash tizimining navbatdagi bosqichini tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha mutasaddilarga kerakli ko‘rsatmalar berildi.