Mirzacho‘l tuman 1-sektor rahbari, tuman hokimi v.v.b. M.Mallayev, tuman IIB boshlig'i J.Karimov, Xalq qabulxonasi tuman bo'limi mudiri I.Nurmanovlar boshchiligidagi tuman tashkilot rahbarlaridan iborat ishchi gurux sektor xududidagi "IPAK YO'LI" QFYda aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.
Uchrashuvda mas'ullar ishtirokida xonadonma-xonadon yurilib, kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish, aholi kayfiyatiga ta'sir ko'rsatuvchi hodisalarning oldini olish, mavsumni energo resurslar bilan sifatli ta’minlash, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, narx-navoning barqarorligigini ta'minlash, aholi turar joylarida is gazidan zaharlanish va boshqa noxush xolatlarning, shuningdek, "Dok-1 Maks, Sinepar Kid, Ambronol" kabi dori vositalari iste'molining oldini olish yuzasidan tushuntirish, targ‘ibot ishlari olib borildi.
Aholi murojaatlari tinglanib, ularga yechim topilib, ko'tarilgan masalalarni joyida bartaraf etildi, qolganlariga chora-tadbirlar belgilanib, mas'ullarga topshiriqlar berildi.
@mirzachultumani