Qor - suv va to‘kinchilik manbai. Ayniqsa, lalmi hududlar uchun qorning qadri baland.
Qishning ham o‘ziga yarasha tashvishlari bor. Qishga har tomonlama puxta taraddud ko‘rilgan joyda mavsum betalofat o‘tadi.
Bugun tuman hokimi SH.Axmedov o'rinbosarlari va mas'ullar bilan "Yangidala", "O`zbekiston", "Paxtazor", "Gulzor" mahallalarida bo'lib, bajarilgan ishlarni ko'zdan kechirdi, nuroniylar va mas`ullar bilan suhbatda bo'ldi, aholining kayfiyatini, mavjud holatni organdi.
Noqulay ob-havo tufayli vujudga kelishi mumkin bo'lgan muammolarni oldini olish maqsadida, qilinishi lozim bo'lgan ishlarni belgilab, mutasaddilarga zarur topshiriq va ko'rsatmalar berdi.