Bugun Mirzacho‘l tuman hokimi, 1-sektor rahbari Sh.M.Axmedov sektor hududida joylashgan "Mustaqillik" MFYda yashovchi aholi bilan uchrashdi. Ular bilan dildan suhbat qilib, muammolarini o‘rgandi.
Tuman hokimi topshirig‘iga ko‘ra "Mustaqillik" mahallasi, "Yerjar" ko‘chasi, 12-uy, 6-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro Ma’mura Toirovaning murojaati joyida hal etilib, tuman Dehqon bozoriga ishga joylashtirildi.
Uchrashuv davomida tuman rahbari o‘zi bosh bo‘lib, mas’ullar bilan birgalikda mahallada yashovchi ehtiyojmand oilalar holidan ham xabar olib, ularga har xil turdagi zarur oziq-ovqat mahsulotlari tarqatdi.