El farovonligi, yurt taraqqiyotida tadbirkorlikning o‘rni beqiyos.
Tuman rahbari bilan uchrashuvda hozirgi kundagi anomal sovuqda tadbirkorlarda uchragan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha fikr yuritildi. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish chora-tadbirlari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, uchrashuvda tadbirkorlarning turli masalalardagi murojaatlari o‘rganilib, yechimi bo‘yicha muddatlar belgilanib, tegishli mas’ullar biriktirildi va ijrosi qat’iy nazoratga olindi.