Mirzacho'l tumani, 1-sektor hududidagi "Ipak yo‘li" qishloq fuqarolar yig'ini hokim yordamchisining 2022 yil davomida mahallada amalga oshirilgan ishlari va 2023 yildagi faoliyat yuzasidan rejalari xisoboti eshitildi.
Ushbu yig'ilishda tuman hokimligidan biriktirilgan vakillar, Mahallabay ishlash markazi xodimlari, mahalla faollari, keksa nuroniylar, faxriylar, yoshlar va hududdagi tadbirkorlar ishtirok etdi.