Mirzacho‘l tumani 1-sektor hududidagi "Ipak yo‘li" QFYda tuman hokimi birinchi o‘rinbosari v.v.b J.Omonov, Mahallabay ishlash markazi rahbari B.Usmanov, hokim yordamchisi B.Xolmirzayev va QFY xotin-qizlar faoli Z.Narzullayeva hamda mahalla faollari ishtirokida qishloq fuqarolar yig‘ini binosining tepa qismidan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash maqsadida joy ajratilib, puxovoy ro‘mol to‘qish hamda "Cho‘qima" kashtani rivojlantirish maqsadida seminar tashkil etildi.
Bunda xotin-qizlarimiz milliy an’analarimizdan quroqchilik va kashtachilik turlari bo‘yicha qatnashib, endilikda hududda yangiliklar yaratib, puxovoy ro‘mol va cho‘qima kashtani tikish bo‘yicha o‘zlarining fikrlarini bildirib o‘tishdi.