“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida saylangan kuzatuv kengashi a’zosi mazkur yig‘ilish bayonnomasida qaysi aksiyadorning vakili ekanligi yoki kuzatuv kengashining qaysi a’zosi mustaqil a`zo ekanligi ko‘rsatilishi kerak.
Shuningdek, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan jamiyatning kuzatuv kengashi tarkibiga kamida 1 nafar mustaqil a’zo kiritiladi.
Bunda mustaqil a’zolikka nomzodlar jamiyatning kuzatuv kengashi tomonidan tanlov asosida ko‘rsatiladi.
Bundan tashqari, agar jamiyatning ijro etuvchi organi tomonidan yirik bitim yoki kaffillangan shaxslar bilan bitim tuzish tartibi buzilganligi natijasida jamiyatga zarar yetkazilgan bo‘lsa va bunda jamiyat direktorining yoki kollegial ijro etuvchi organining aybi isbotlansa, jamiyatning kreditorlar oldidagi qarzdorligini qoplash uchun uning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda jamiyatning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgar bo‘ladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Asos:O‘RQ–814-son, 18.01.2023 y.