O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF87-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan, Mirzacho'l tuman hokimi Sh.Axmedov topshirig'iga ko'ra tumandagi 4-sektor hududidagi "Toshkent" QFYda hokim yordamchisi Mansur Yusupov, xotin-qizlar faoli Umida Musurmonova hamda mahalla faollari bilan birgalikda mahalladagi ishsiz xotin-qizlar bandligini ta'minlash maqsadida hunarmandchilikning ro'mol to'qish, do'ppi tikish, tikuvchilik, chopon tikish, cho'qima kashta va quroqchilik turlari bo'yicha amaliy seminar o'tkazildi.