Youtube videoxostingi sahifalaridagi videomaterialda Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani Gagarin shaharchasida o‘rnatilgan ayrim yo‘l belgilari standartga mos kelmayotgani aytilgan murojaat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Mirzachol tuman yo'llardan foydalanish unitar korxonasi rahbari Davron Nadirovning ma’lumotiga ko‘ra, ushbu holat yuzasidan, 4k 261 yo'lining 3 va 4 km lar oralig'ini 2021 yil “Fayz barokat klaster” MCHJ tender asosida yutib olgan bo`lib, ushbu yo'l belgilarini o`rnatgan. Hozirda yo'l belgilari “UZ YO'L BUTLASH” unitar korxonasiga o'tgan bo'lib, Mirzacho`l TYFUK bilan shartnoma tuzilgan va “UZ YO'L BUTLASH” unitar korxonasi to'g'ridan to'g'ri pudratchi hisoblanadi.
2023 yil fevral oyida ushbu yo'l belgilari yuzasidan taqdimnoma kiritilgan bo`lib, joriy yil II chorakda yangi yo'l belgilari o‘rnatilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qilamiz.
Mirzacho‘l tuman hokimligi
Axborot xizmati