Byuroning Mirzacho’l tuman bo’limi tomonidan bank kredit mablag’larini undirish bilan bog’liq ijro hujjatlari ijrosini ta`minlash borasida kunlik tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, olib borilgan majburiy ijro harakatlaridan so’ng to’lanmagan kredit qarzi evaziga avtotransport vositasi xatlandi.
Ma`lum bo’lishicha, fuqarolik ishlari bo’yicha Do’stlik tumanlararo sudining 06.01.2022 yildagi qaroriga asosan, qarzdorlar X.Abduraimova va D.Atamuradovlar hisobidan undiruvchi ATB Agrobank Mirzacho’l filiali foydasiga 26.680.000 so’m kredit qarzdorligi undirish belgilangan bo’lib, ushbu ijro hujjati Byuroning Mirzacho’l tuman bo’limiga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.
Davlat ijrochisi tomonidan berilgan ixtiyoriy muddatda qarzdorlik bartaraf etilmagandan so’ng, majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli “Tracker” rusumli avtotransport vositasi xatlanishi ta`minlandi.
Byuroning Mirzacho’l tuman
bo’limi davlat ijrochisi
D.P.Abdikadirov
скачать dle 12.0