Byuroning Mirzacho’l tuman bo’limi tomonidan bank kredit mablag’larini undirish bilan bog’liq ijro hujjatlari ijrosini ta`minlash yuzasidan qator tadbirlar olib borilmoqda.
Jumladan, fuqarolik ishlari bo’yicha Do’stlik tumanlararo sudining
18.06.2020 yildagi ijro varaqasiga ko’ra, qarzdor “SATURN GOLD STAR AGRO SANOAT EXPORT” MChJ hisobidan undiruvchi Asaka bank Jizzax viloyat filiali foydasiga
859.259 AQSh dollari miqdorida asosiy kredit qarzi va 69.191 AQSh dollari miqodorida kredit foizi undirish belgilangan bo’lib, ushbu ijro hujjati Byuroning Mirzacho’l tuman bo’limiga kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.
Shundan so’ng, davlat ijrochisi tomonidan berilgan ixtiyoriy muddatda qarzdorlik bartaraf etilmagandan so’ng, majburiy ijro harakatlari olib borilgan holda qarzdorga tegishli meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash sexi binosi xatlanishi ta`minlandi.
Ushbu xatlovga olingan mulk kelishuv shartnomaga asosan 594.776 AQSh dollariga (4,6 mlrd. so’m) baholangan holda auksion savdosiga chiqarildi.
Byuroning Mirzacho’l tuman
bo’limi boshlig’i
B.I.Boboyev
скачать dle 12.0