Mirzacho‘l tumani mahallalarida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, "Bog‘bon" qishloq fuqarolar yig‘inidagi Ziyolilar ko‘chasidagi 50 ta xonadonga 1,5 kilometr masofada ichimlik suvi tarmog‘i tortilib, aholi ichimlik suvi bilan ta’minlandi.