Haftaning har juma kuni Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va shuningdek, barcha shahar va tumanlar hokimliklari xodimlari uchun siyosiy ma’rifat soati tashkil etilmoqda.
Mirzacho‘l tuman hokimligi xodimlari ham bugungi kunning dolzarb mavzulari haqidagi "Siyosiy-ma’rifat" soatini tingladilar. Ma’rifat soatida shu kunning siyosiy, ijtimoiy, ma’rifiy va madaniy xabarlari batafsil yoritilmoqda.
▶️ Mazkur o‘quv soati Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi orqali o‘tilmoqda.
Mirzacho‘l tuman hokimligi
Axborot xizmati