O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18.03.2022 yildagi 173-sonli qarori asosida Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati kengaymoqda.
Joriy yilning 20 iyul kuni viloyat Adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirokida, Mirzacho‘l tumani Adliya bo‘limi va yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlar tomonidan elektron tizim bo‘yicha davlat tashkilotlari, umumiy ta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlari ishtirokida o‘quv seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.
Seminarda elektron tizimning qulayliklari va ahamiyati xususida atroflicha yoritib berildi.