Bugun 31-iyul 2023-yil Professional taʼlim muassasalari oʻquvchi yoshlari oʻrtasida "Tinchligimiz, taraqqiyot va farovonlik uchun!" shiori ostida oʻtkazilgan "Koʻpkurash" harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasining Mirzacho‘l tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.
Ushbu "Koʻpkurash" harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasida Mirzacho‘l tuman kasb-hunar maktabining "Yuksalish" jamoasi faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
Musobaqa yakunida gʻolib jamoalar Mirzacho‘l tuman Yoshlar ishlari agentligining diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.