Mirzacho'l tumanida tuman hokimligi, tuman prokuraturasi hamda Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo’limi tashabbusi bilan tumandagi Agro-sanoat texnikumi binosida “Boʼsh ish oʼrinlari” mehnat yarmarkasi o'tkazildi
Yarmarka qatnashchilariga zarur ijtimoiy shart sharoitlar yaratildi, kichik biznes sohasida va uy sharoitida mehnat qilayotgan milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko'rgazmalari tashkil etildi.
Oʼzbekiston Respublikasi “Аholi bandligi to'g'risida”gi Qonuni hamda Mehnat Kodeksi boʼyicha maslahat berish burchaklari, bo'sh ish o'rinlari bo'yicha stendlar tashkil etildi.
O'zbekiston Respublikasi “Аholi bandligi to'g'risida”gi Qonuni va Mehnat Kodeksi bo'yicha murojaat qilgan fuqarolarga mehnat qonunchiligi bo'yicha amaliy maslahatlar berildi.
Yarmarkada murojaat qilgan 26 fuqarolardan 15 nafari o'z sohalari bo'yicha oʼzlariga ma'qul bo'lgan ish bilan ta'minlandi, 9 nafar fuqaro Mirzacho'l kasb hunarga o'qitish maktabiga o'qishga yo'llanma asosida yuborildi.