Mirzacho‘l tumanida aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish maqsadida tumandagi tadbirkor S.Azimovaning aholi bilan muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda:
Tumanda hunarmandchilik yo‘nalishida tashkil etilgan quroqchilik, kashtachilik, ro‘mol to‘qish va choponchilik va boshqa tadbirkorlik faoliyatlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Kam ta’minlangan oilalarga 1 gektar va 50 sotixdan ajratilgan yer maydonlarida aholi va yoshlar tomonidan yetishtirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining ko‘rgazmasi o‘tkazildi.
Shuningdek, lider tadbirkorlarning faoliyati, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan va yetishtirayotgan mahsulotlar videoroliklari namoyish etildi.
Muloqot davomida S.B.Azimovaning tadbirkorlik faoliyati va yaratilgan ish o‘rinlari, shuningdek bugungi kunda tadbirkorlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.