O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 martdagi “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-81-son Farmoni 7-bandiga asosan, har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi har bir mahallada mahalla raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari hamda oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutaxassis lavozimi o‘rniga xotin-qizlar faoli mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tartibi saqlangan holda bir nafardan joriy etilsin”, deya belgilab qo‘yilgan edi.
Mana shu asosda Mirzacho‘l tumani mahallalarida ham 12 nafar xotin qizlar faoli o‘zlarining faoliyatini olib bormoqda. Shulardan samarali faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faollari bilan tanishtirishda davom etamiz.
Xudoynazarova Saida 2022-yil aprel oyida Xotin qizlar faoli lavozimiga ochiq tanlov asosida suhbatdan mavfaqiyatli oʻtdi va Yerjar mahalla fuqarolar yigʻiniga Xotin qizlar faoli lavozimiga tayinlandi, oʻz ish faoliyatini Yerjar mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi har bir xotin-qizlarni xatlov jarayonidan oʻtkazishdan boshladi, xonadonlarga birma-bir kirib har bir ayol har bir qiz bilan individual suhbat oʻtkazib, ularning kayfiyati, muammosi, hunari qobiliyati, iste`dodi, qiziqishlari bilan tanishdi va bu ayollarga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mamlakatda qilayotgan islohotlari, oʻzgarishlari, ayniqsa, xotin-qizlarga berilayotgan imkoniyatlari e`tibori bilan tanishtirdi.
Yangi Oʻzbekistonda boʻlayotgan yangi oʻzgarishlar, yangi imkoniyatlardan hzirda Yerjar mahallasining ishbilarmon, tadbirkor, bilimli salohiyatli ayollari toʻliq foydalanmoqda. Jumladan, 18-nafar ehtiyojmand xotin-qizlarga subsidiyalar ajratildi, 75-nafar ayollar ish bilan taʼminlandi, mahallada xotin-qizlarning salomatligiga alohida e`tibor qaratish maqsadida mahallada sogʻlomlashtirish markazi tashkil etildi, kasb-hunarga oʻqitish maqsadida xotin qizlarni hunarmandchilik uyushmasiga aʼzo qilib, ustoz shogird anʼanalari yoʻlga qoʻyildi, kasanachilikni rivojlantirish maqsadida xonadonlarda kichik-kichik tikuv sexlar tashkil etildi.
Mahallada xotin-qizlarning ilmga ma`rifatga boʻlgan qiziqishini oshirish maqsadida kitobxonlik tanlovlari oliy oʻquv yurtlariga boʻlgan qiziqishilari oshirish maqsadida Davlatimiz rahbarining shu sohadagi har bir qaror va farmonlari mahalla xotin-qizlariga oʻz vaqtida yetkazilib turibdi.