Byuroning Mirzacho’l tuman bo‘limi ish yurituvida Do’stlik tumanlararo sudining 01.02.2022 yildagi qarzdor “VEGETABLE HOUSE” MChJ hisobidan AT “Xalq banki” foydasiga 1.989.843.475 so’m kredit qarzdorligi undirish hamda undiruvni qo’shimcha javobgar “BEKZAT KUNAROV” FXga tegishli bo’lgan Mirzacho’l tumani, G’alaba MFY, Paxtakor ko’chasi hududida joylashgan suniy urchitish binosi va inshootlariga qaratish to’g’risida ijro hujjati mavjud.
Davlat ijrochisi tomonidan berilgan ogohlantirishlarga qaramasdan kredit qarzdorlik bartaraf etilmaganligi sababli, majburiy ijro harakatlari natijasida Mirzacho’l tumani, G’alaba MFY, Paxtakor ko’chasi hududida joylashgan suniy urchitish binosi va inshootlari qarzdorlik evaziga xatlanishi ta`minlandi.
Bugungi kunda ushbu xatlangan garov mulki bo’lgan binoni baholatish hamda auksion savdosiga chiqarish yuzasidan ijro harakatlari olib borilmoqda.
Ma`lumot o’rnida, Byuroning Mirzacho’l tuman bo’limi tomonidan joriy yilning o’tgan 9 oyi davomida banklar foydasiga undiruv bilan bog’liq 623 ta 37,1 mlrd. so’mlik ijro hujjatlari ish yurituvdan tamomlangan bo’lib, 365 ta
20.2 mlrd. so’mi amalda ijrosi ta`minlangan.
O.O.Qo’shoqov
Byuroning Mirzacho’l tuman
bo’limi davlat ijrochisi
2-darajali yurist