Tumanimizda “Yil ayoli” milliy tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi. Tashkil etilgan tanlovda xotin-qizlar turli yo‘nalishlarda o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. Tanlov davomida hakamlar hay’ati ishtirokchilarning chiqishlarini baholab borishdi.
Tanlov “Eng vatanparvar ayol”, “Faol olima ayol”, “Ilg‘or tadbirkor ayol”, “Eng yaxshi ijodkor ayol”, “O‘z kasbining ustasi bo‘lgan yil ayoli”, “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar targ‘ibotchisi”, “Eng yaxshi uy bekasi”, “Eng jonkuyar ustoz”, “Sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotchisi”, “Eng yaxshi g‘oyalar tashabbuskori” yo‘nalishlarida o’tkazildi.
Yakuniy natijalarga ko’ra, 3-o‘rinni "Mustaqillik" MFY ishtirokchisi Yusupova Durdona, 2- o‘rinni "O‘zbekiston" QFY ishtirokchisi Quttiyeva Rayxon egalladi, 1 o‘rinni Paxtazor QFY ishtirokchisi Mavlonova Xolida egallab, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
G‘oliblar tuman hokimligi tomonidan munosib rag‘batlantirildi
Mirzacho`l tuman hokimligi Axborot xizmati