Ma`lumki, hozirgi kunda barcha davlatlarning iqtisodiyoti jadal rivojlanib bormoqda. Iqtisodiyotning rivojlanishi uchun asosiy turtki bu sarmoya va kapital ya`ni investitsiyadir.
Investitsiya bu- investor tomonidan foyda olish maqsadida ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari obektlariga tavakkalchilik asosida kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar tushuniladi. Bugungi kunda dunyo iqtisodiyotini va uning rivojlanishini investor deb ataluvchi subyekt ishtirokisiz tasavvur qilish qiyin. Investor tijoriy maqsadni ko‘zlagan holda o‘z mablag‘larini biror bir biznes loyihasiga kiritib shu yo‘l orqali o‘zining moliyaviy barqarorligini rivojlantirishga harakat qiladi. Investorning bu harakati tavakkalchilikka asoslanganligi bois, investor birinchi navbatda davlatga investitsiya kiritishda huquqlarini ta`minlanishini talab qiladi. Bu esa investitsiya kiritilayotgan davlat uchun majburiyat yuklaydi. Ushbu vaziyatda bilamizki, investor va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda ham turli xil sabablarga ko‘ra nizolar vujudga kelishi mumkin. Bunday vaziyatlarni huquqiy tartibga solish uchun xalqaro qonunchilikda turli xil konvensiyalar, xalqaro investitsiya shartnomalari mavjud, va bu manbalarni davlatlar investitsiyaviy munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy qonun sifatida e`tirof etishgan.
Investitsiyaviy nizolarning sud tomonidan hal qilinishi muhim masalalardan biri hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy protsessual kodeksining 301-moddasida investitsiyaviy nizolar bilan bog‘liq ishlar taluqliligiga ko‘ra iqtisodiy sudlar ko’radi unga ko‘ra:
1) investitsiya shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish bilan bog‘liq nizolar;
2) investitsiya shartnomalarini haqiqiy emas deb topish haqidagi nizolar;
3) investitsiya shartnomasining bajarilishi bilan bog‘liq nizolar;
4) investitsiya shartnomasidan kelib chiqadigan soliq, bojxona, ijtimoiy, ekologik va boshqa majburiyatlarning investor tomonidan bajarilishi bilan bog‘liq nizolar;
5) investitsiya shartnomasi bo‘yicha investorga berilgan mol-mulkni talab qilib olish yoki bunday shartnoma bo‘yicha neustoyka undirish va zararlar o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi nizolar shular jumlasiga kiradi.
Investitsiya bilan bog‘liq nizolarni hal qilishda ICSID konvensiyasi muhim ro‘l o‘ynaydi. Investitsion nizolarni hal qilish boʻyicha xalqaro markaz (ICSID) davlatlar va boshqa davlatlar fuqarolari oʻrtasidagi investitsiya nizolarini hal qilish toʻgʻrisidagi konventsiyaga muvofiq tashkil etilgan institut boʻlib, ICSID konventsiyasi deb ham ataladi.
Ma‘lumki bizning milliy qonunchiligimizda ham investitsiya va investor faoliyatini tartibga solish maqsadida 2019 yil 25 dekabrda “O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi 598-sonli qonun qabul qilingan.
Ushbu qonunning maqsadi investor va davlat o‘rtasidagi nizolarni tartibga solishga qaratilgan.
Shuningdek investitsiyaviy nizolarni hal qilishda sudlar chet davlat huquqi normalarini sharhlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Chet davlat huquqi normalarini qo‘llashda sud ushbu normalarning mazmunini ularning tegishli chet davlatda sharhlanishiga va amalda qo‘llanilishiga muvofiq holda aniqlaydi.
Chet davlat huquqi normalari mazmunini aniqlash maqsadida sud ko‘maklashishni va tushuntirib berishni so‘rab, O‘zbekiston Respublikasining hamda chet davlatlarning vakolatli organlariga yoki tashkilotlariga belgilangan tartibda murojaat qilishi yoxud ekspertlarni jalb etishi mumkin.
О.Эргашев
Дўстлик туманлараро иқтисодий суди судьяси
скачать dle 12.0