Bizga maʼlumki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-sentyabrdagi ”Oʼzbekiston-2030” strategiyasini 2023 yilda sifatli va oʼz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-300-sonli Qarori qabul qilindi.
Mazkur Qaror bilan bilan tadbirkorlikni qoʼllab-qoʼvvatlash, ularga munosib shart-sharoitlar yaratish maqsadida bir qator afzaliklar berildi.
Jumladan, 2023 yil 1 oktyabrdan boshlab tadbirkorlik subʼektlariga miqdori 10 million soʼmdan yuqori boʼlgan soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun, agar tadbirkorlik subʼekti huquqbuzarlikni inkor etsa, moliyaviy sanktsiyalarni faqatgina sud tartibida qoʼllash amaliyoti yoʼlga qoʼyish hamda 2024 yil 1 yanvardan boshlab, qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga hosilni sugʼurtalashda sugʼurta mukofotining 50 foizi miqdorida subsidiya berish tartibi joriy etish belgilandi.
Shuningdek, 2024 yil 1 yanvardan boshlab xorijiy turistlarga Oʼzbekiston xalqaro aeroportlarida Oʼzbekiston hududida sotib olingan va «Tax free» tizimi boʼyicha rasmiylashtirilgan mahsulotlar uchun, tur-operatorlarga - xorijiy kontragentlar bilan shartnomalar doirasida koʼrsatilgan eksport xizmatlari uchun jismoniy va yuridik shaxslarga qoʼshilgan qiymat soligʼini toʼliq qaytarib berish tizimi joriy etish belgilandi.
«Oʼzbekiston — 2030» strategiyasining qonun ustuvorligini taʼminlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish yoʼnalishi doirasida davlat xizmatlarini koʼrsatishda aholiga yanada qulayliklar yaratish va ortiqcha sansalorliklarga barham berish maqsadida 2024 yil 1 yanvardan boshlab aholiga yoʼl harakati xavfsizligi sohasida davlat xizmatlarini koʼrsatishda, shu jumladan avtomototransport vositalarini davlat roʼyxatidan oʼtkazishda avtomototransport vositasining oldi-sotdi shartnomalari va boshqa notarial tasdiqlangan bitimlarni «Notarius» avtomatlashtirilgan axborot tizimidan olish amaliyoti yoʼlga qoʼyilsin va ariza beruvchilardan mazkur hujjatlarni talab qilish taqiqlandi.
2024 yil 1 martdan boshlab notarial idoraga kelmasdan, shu jumladan chet eldan turib mol-mulkdan foydalanish bilan bogʼliq bitimlarni (mulk huquqini boshqa shaxsga oʼtkazishdan tashqari) elektron raqamli imzodan foydalanib, videokonferentsaloqa orqali rasmiylashtirish tartibi yoʼlga qoʼyish belgilandi.
Tadbirkorlik sohasida javobgarlikni yanada liberallashtirish maqsadida 2024 yil 1 yanvardan boshlab, birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxsni, agar u sud maslahatxonaga kirguniga qadar soliqlar va yigʼimlar, shu jumladan penyalar va boshqa moliyaviy sanktsiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning oʼrnini toʼliq qoplasa, javobgarlikdan ozod qilish hamda tadbirkorlik subʼektlariga nisbatan qoʼzgʼatilgan har bir jinoyat ishi boʼyicha tergov hamda sud jarayonida tegishli mansabdor shaxs jinoyat ishi materiallarini ish yurituviga qabul qilgan vaqtdan boshlab tadbirkorni himoya qilishga Biznes-ombudsman, Savdo-sanoat palatasi, shuningdek, tadbirkorlik subʼekti aʼzo hisoblangan boshqa tashkilotni jamoat himoyachisi sifatida jalb etishi (xabar qilish) tartibi joriy etildi.
Bularning hammasi xalk faravonligini taʼminlash, tadbirkorlarni qullab-quvvatlash hamda halqni odil sudlovga boʼlgan ishonchini oshirishdan iboratdir.
Аkmal Farxodovich UrinovJizzax tumanlararo maʼmuriy
sudining raisi
скачать dle 12.0