2024-yil 4-yanvar kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazida faol kitobxonlarimizga Chingiz Aytmatovning "Jamila "asari taqdimoti o'tkazildi. Asar Jamilaning qaynisi bo’lajak rassom Seyid tilidan hikoya qilinadi. Asar urush yillarida ovul hayotida, odamlarning mashaqqatli turmushi, jamiyatning birgina bo’g’ini: Jamila va Doniyor hamda Seyid oilasi atrofida qalamga olingan va bu bilan urushning butun dahshatini ko’z oldingizda gavdalantiradi.