O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev boshchiligida o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga yetkazish maqsadida bugun 18-sonli umumta’lim maktabi binosida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap" ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirga "Yerjar” mahallasida istiqomat qiluvchi nuroniylar, xotin-qizlar, uyushmagan yoshlar va mahalla faollari taklif qilinib, qiziqarli davra suhbati tashkil etildi.
Shuningdek, tadbirda mutasaddilar tomonidan "Harbiy vatanparvarlik oyligi" doirasida suhbatlar olib borildi, "Radikallashuv va yot g‘oyalarga qarshi kurashish hamda axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish" mavzularida ham tushunchalar berildi.