Mirzacho'l tuman O'zbek-qozoq madaniyat markazida “Mahallani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Mirzacho'l tuman Kengashining tashkiliy yig‘ilishi” bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni Xalq deputatlari Mirzacho'l tuman kengashi raisi Axmedov Sherzod Malikovich boshqarib bordi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etish birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta`minlash hamda mahalla uyushmasini faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tuzimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-402-soni qarori va 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-sonli farmonidan kelib chiqadigan vazifalar haqida ma`ruza qildi.
Tashkiliy yig‘ilishda tuman hokimi Axmedov Sherzod Malikovich so‘zga chiqib, mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyatini yanada kuchaytirish, mahallalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Shundan so‘ng tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari Ulug`bek Rustamov davlatimiz rahbari raisligida 2023-yil 22-dekabrda o‘tkazilgan respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab berilgan mahalla tizimi faollari zimmasidagi ustuvor vazifalar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, tashkiliy yig‘ilishda mahallani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Jizzax viloyat Kengashi tashkiliy yig‘ilishida ishtirok etish uchun delegatlar saylandi.