Mirzacho'l tumani MMTB ga qarashli 9-umumiy o'rta ta'lim maktabida 2024- yil 13- fevral kuni FARZANDLARIMIZ KELAJAGIGA BEFARQ BO'LMAYLIK! aksiyasi doirasida 9-10-11- sinf o'quvchilari bilan "Men ham Vatanimga sodiq farzand bo'laman!" mavzusida Mirzacho'l tumani "VETERAN" jangchi, faxriy va baynalmilalchilar bo'limi boshlig'i Bayzakov Pardaboy, bo`lim a'zolari Usmonov Zaxriddin, Xolmatov Abdurayim, Darbishev Abdumajid va Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Ergashev bilan uchrashuv va davra suhbati o'tkazildi.
Tadbir muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning "AZIZ FARZANDLARIM! XALQIMIZ, VATANIMIZ SIZLARDAN BUYUK ISHLAR KUTAYOTGANINI HECH QACHON YODINGIZDAN CHIQARMANG!" degan ma'noli va ibratli so'zlari bilan boshlandi.
Tadbirda o'quvchilarga Vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va milliy g'urur hissini uyg'otuvchi fikrlar, Afg'oniston Respublikasida o'tagan yigitlik burchi va uning mashaqqatlari haqida aytib berildi.
X.Mavlonova
Maktab psixologi