Mirzacho‘l tumanida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosat Majlisining 2023-yil 30-avgustdagi 80/113-sonli yig‘ilish bayonining, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-fevraldagi “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni to‘liq ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 61-sonli qarori talablariga asosan o‘z tizimida ish yuritish lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida amalga oshirilishini ta’minlash to‘g‘risidagi 8.1-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida ishchi guruh tuzgan holda tumandagi tashkilot muassasalarda o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganishlar davomida Davlat tili to‘g‘risidagi qonun talablarini buzgan tashkilot mutasaddilari qat'iy ogohlantirilib, tushuntirish ishlari olib borildi.