Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani hokimi Mirzacho'l tumaniga hokim etib tayinlandi.
Bugun xalq deputatlari Mirzacho'l tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Tanqidiy ruhda o’tkazilgan sessiyada tashkiliy masala koʻrildi.
Unda Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev kun tartibidagi masala yuzasidan maʼruza qildi.
Shundan soʻng deputatlar Botirjon Mirzaqulovni Mirzacho'l tumani hokimi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisidagi qarorlarini bir ovozdan maʼqulladilar.
Botirjon Mirzaqulov hozirga qadar Sirdaryo tuman hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.