O‘zbekiston Respublikasi Mahallalar uyushmasi vakili, Jizzax viloyat Mahallalar uyushmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Mirzacho‘l tuman hokimi, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Mirzacho‘l tuman bo‘limi rahbari tumanidagi mahallalar faoliyati bilan tanishdi. "Gʻalaba" mahalla fuqarolar yig‘inida tuman mahallalari raislari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 21 dekabrda imzolangan "Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta`minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-209-sonli Farmoni va "O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-402-sonli Qarori ijrosi hamda Andijon tajribasi yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.
Uchrashuv davomida mahalla faoliyatini rivojlantirish maqsadida Respublika mahallalar uyushmasi tomonidan kompyuter jamlanmalari berildi.