2024 yil 1 mart kuni Jizzax viloyat sudining sudyasi Sh.Mirzaaxmedov hamda jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudining raisi M.Jo‘rayevlar Mirzacho‘l tuman “Ipak yo‘li” qishloq fuqarolar yig‘ini va Mirzacho‘l tuman “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazib, “Odam savdosi asrimizning jiddiy muammosi” va “Korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar” mavzusi haqida ma’ruzalar qilishib, targ‘ibot tadbiri o‘tkazishdi. Tadbirda fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.