Mirzacho'l tumani hokimi B.Mirzaqulov tuman Kasb-hunar maktabidagi o‘quvchi-yoshlarni bilim olishi uchun yaratilgan sharoitlar, jumladan, o‘quv ustaxonalari, o‘quv xonalari, o‘quvchilar uchun tashkil etilgan kasb to‘garaklar faoliyati, ishsiz yoshlar va xotin-qizlarni kasblarga o‘rgatish bo‘yicha tashkil etilgan qisqa o‘quv kurslari bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, tuman rahbari kasb o‘rganuvchilar uchun yanada qulayliklar yaratish, umuman, maktab bitiruvchilarini, ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berdi.