Davlat rahbarining mamlakatimiz hududlarida kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish hamda yoshlar bilan ijtimoiy-huquqiy ishlashga qaratilgan topshiriqlari ijrosini taʼminlash maqsadida Ichki ishlar vaziri, general-leytenant Poʻlat Bobojonov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Jizzax viloyatida oʻrganish ishlari amalga oshirilmoqda
Xususan, respublika ishchi guruhi Jizzax viloyati Mirzachoʻl tumani Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan 1-sonli oʻrta umumtaʼlim maktabida yaratilgan taʼlim sharoitlari bilan tanishdi.
Mazkur jarayonda taʼlim sifatini oshirishga qaratilgan tadbirlar sifati oʻrganildi. Shuningdek, maktab oʻquvchilarini bandligini taʼminlash hamda kasbga oʻrgatish yoʻnalishida, maktab sharoitida tashkil etilgan IT-mutaxassislik, kulolchilik hamda yoʻl harakati xavfsizligi kabi bir qator toʻgaraklar haqida atroflicha maʼlumot berildi.
Soʻng “Mirzachoʻl agroklaster group” klasteri faoliyati oʻrganildi.