Yurtimizda muborak Ramazon oyi davom etayotgan qutlug‘ kunlarda Mirzacho'l tumani hokimi B.Mirzaqulov tashabbusi bilan tumandagi bir guruh nuroniylar hamda ro‘zadorlarga iftorlik dasturxoni yozilib, nuroniy ro‘zadorlarimiz duolari olindi, Qur’on tilovat qilindi.
Iftorlik avvalida so‘z olgan tuman hokimi B.Mirzaqulov ulug‘ oyda yon-atrofdagilarga mehr-saxovat ko‘rsatish, yaqinlar holidan xabar olish katta savob ekanini ta’kidlab, hokimliklar va tashkilotlar tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, nuroniylar va boquvchisini yo‘qotgan yoshlar holidan xabar olish ishlari boshlab yuborilganini ta’kidladi.
Iftorlikda ishtirok etgan ro‘zador nuroniylarimiz yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, dehqonlarimiz hosiliga baraka, Prezidentimiz rahbarligida yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga rivoj tilab, duoga qo‘l ochishdi.
скачать dle 12.0