2024-yil 28-mart kuni Mirzacho'l tuman axborot-kutubxona markazida 7-sonli Maktab va maktabgacha taʼlim tarbiyalanuvchilari ishtirokida ekskursiya tashkil etildi. Yosh kitobxonlarga axborot-kutubxona markazi faoliyati, kutubxona fondi, kutubxonada foydalanish qoidalari haqida ma'lumotlar berib o'tildi.
Erta yoshdan kitobga oshno bo‘lish, xususan badiiy adabiyot mutolaa qilish insonning yetuk va komil shaxs bo‘lib yetishishida katta xizmat qiladi. Olimlarning fikriga ko‘ra, bolalar uchun ovoz chiqarib o‘qish erta bolalik davrida qobiliyatlarni rivojlantirishning kalitidir.