Xalqimiz azaldan yerga mehr berib, nafaqat o‘z ro‘zg‘orini, balki el-yurt dasturxonini ham to‘kin qilib kelgan. Tomorqaga berilgan “koni foyda”, “daromad manbai”, “yetti xazinaning biri” kabi ta’riflar bejiz aytilmagan.
Mirzacho‘l tumanida bugun tuman hokimi B.Mirzaqulov boshchiligida qishloq xo‘jaligi mas'ullari bilan birgalikda 4-sektor hududidagi “Toshkent” mahallasida Maxmud Annaqulov xonadonida tomorqa va issiqxona faoliyatini samarali yo'lga qo'yish yuzasidan mahalla aholisini jalb qilgan holda seminar tashkil qilindi.
Seminarda nafaqat oila daromadiga daromad qo’shishda, balki el-yurt farovonligini ta'minlashda ham yerdan unumli foydalanish muhim omil hisoblanishi ta'kidlandi.
Shuningdek, seminarda Fermerlar Kengashi, tadbirkorlar hamda mutaxassislar tomonidan meva-sabzavot quritish mini sexi va qishloq xo‘jaligi tomorqalarda foydalanish uchun mini agregatlari, hosildor nav urug' va ko'chatlar ko'rgazmalari tashkil etildi.