Mirzacho‘l tumanida bugun 6 aprel kuni tuman hokimi B.Mirzaqulov va tuman Davlat Soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari A.Baliqulov, tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda 4-sektor hududidagi “Gulzor” mahallasi, Gulchilar ko'chasida yashovchi Musratillo aka Omonov xonadonidagi tomorqa va issiqxona faoliyatini samarali yo'lga qo'yish yuzasidan mahalla aholsini jalb qilgan holda namunaviy seminar tashkil qilindi.
Seminarda nafaqat oila daromadiga daromad qo’shishda, balki el-yurt farovonligini ta'minlashda ham yerdan unumli foydalanish muhim omil hisoblanishi ta'kidlandi.
Zero, har bir qarich unumdor yerni qadriga yetsak, dasturxonimiz to’kinligini hamda bozorlarimizda arzonchilikni ta'minlashga o’z xissamizni qo’shgan bo’lamiz.