Mirzacho'l tumanida tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash orqali aholi bandligini ta'minlash va daromadli mehnatga jalb qilish bo'yicha tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Respublika "Xalq banki" AT boshqaruv raisi Shuhrat Xoldorovich Otaboyev, Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Xodjiahmedov Dilshod Akmaldinovich, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi Iqboljon Odiljonovich Ergashev, Mirzacho'l tuman hokimi Mirzaqulov Botir Kazakboyevichlar ishtirok etishdi.
Muloqotda yurtimizda yaratilayotgan ishbilarmonlik muhiti, yaratilayotgan qulayliklar, ulardan samarali foydalanish to‘g‘risida so‘z bordi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar tadbirkorlik, hunarmandchilik, qishloq xo‘jaligi, pillachilik faoliyatlari bilan bog‘liq o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soxa vakillaridan kerakli javoblarni oldilar.