O`zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Xotamovich hamda Mirzacho‘l tumani hokimi Botirjon Mirzaqulov Qazaqbayevich JDPU huzuridagi Mirzacho`l agrosanoat texnikumiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida texnikumda yaratilgan zamonaviy o`quv xonalari va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib chiqdi. Texnikumda IT sohasini rivojlantirish borasida o`zining maslahatlarini berib o`tdi.
Xususan, bugungi kunda Mirzacho‘l Agrosanoat texnikumi hududidan IT markaz ochilish choralari ko`rilmoqda ushbu loyiha bo`yicha Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov bilan biraglikda bajarilishi kerak bo`lgam ishlar kelishib olindi.
Mirzacho`l tuman Agrosanoat texnikumi Matbuot xizmati